Bugun Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida prezidentning tibbiyot xodimlari bilan oçiq muloqotida belgilangan 7 ta muhim yönalişdagi vazifalar ijrosi böyiça Soğliqni saqlaş vazirligining sayyor qabullari bölib ötmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, Qaşqadaryo viloyatida boşlangan soğlomlaştiriş aksiyasi doirasidagi uşbu tadbirda vazirlik markaziy apparati jamoasi, respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari va şifokorlari, tibbiyot oliy öquv yurtlari olimlari hamda mahalliy mutaxassislardan iborat maxsus guruhlar fuqarolarni qabul qilişga kirişdi. 

Qarşi şahridan yölga çiqqan maxsus jihozlangan mobil poliklinikalar, mammograf, flyuorografiya va laboratoriya uskunalari örnatilgan avtomaşinalar hamda tor ixtisoslikdagi mutaxassislardan iborat tibbiyot karvoni Çiroqçi tumani markaziga yetib keldi.

Foto: SSV

“Mamlakatimizning eng yirik tumanlaridan bölgan Çiroqçida aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş böyiça muammolar talaygina. Yangi Kökdala tumani taşkil etilişi şu kabi qator masalalarni hal etiş uçun hudud ikkiga ajratilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni paytda poytaxtdan kelgan 150 nafardan ortiq mutaxassis guruhlar kesimida viloyatning boşqa hududlariga ham taqsimlanib, joylarda “xonadonbay” tamoyili asosida aholi salomatligi, ularni qiynayotgan muammolarni örganmoqda. Şu bilan birga, fuqarolar örtasida soğlom turmuş tarziga amal qiliş, jumladan, kasalliklar profilaktikasi böyiça "Soğlom turmuş maktabi", "Endokrinologlar maktabi", "Kardiologlar maktabi" kabi tarğibot tadbirlari ötkazilyapti. 

Foto: SSV

Şu kunlarda oğir kasallikka çalingan, yuqori texnologik jarrohlik muolajasiga muhtoj qaşqadaryolik bemorlarda davlat hisobidan operatsiyalar ham boşlab yuborilgan. Bu amaliyotlar respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlaridan borgan yetakçi şifokorlar boşçiligida bajarilyapti.

Xususan, sönggi ikki kunda Qaşqadaryo viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qaşqadaryo filiali, Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarşi filiali, Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarşi filiali va viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi kabi qator muassasalarda önlab ana şunday murakkab operatsiyalar muvaffaqiyatli ötkazildi.

Foto: SSV

Şuningdek, yangi oilaviy poliklinikalar va oilaviy şifokor punktlari taşkil etiş, zarur hududlarda konteyner şaklidagi tibbiy punktlar faoliyatini yölga qöyiş, tez tibbiy yordam xizmatini maqbullaştiriş böyiça ham zarur çora-tadbirlar belgilangan.

Sayyor qabul davomida tibbiy yordamga ehtiyoji bölgan bemorlarni davolaş jarayoniga yönaltiriş bilan birga, tuman tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, dori-darmon, davolaş va kadrlar böyiça barça muammolari ham hal etilişi kutilmoqda.

Foto: SSV

Sayyor qabul yakunida Çiroqçi tumani böyiça örganişlar tahlil qilinib, bu tajriba natijadorligiga köra, butun respublikaga tatbiq qilinadi.

Ma’lumot uçun, hozirgi kunda Çiroqçi tumanida 54 ta mahalla va 10 ta birlamçi tibbiyot muassasasi faoliyat yuritmoqda. Yangi taşkil etilayotgan Kökdala hududida esa 42 ta mahalla va 11 ta birlamçi tibbiyot muassasasi xizmat körsatyapti. 

Tibbiyot xodimlari bilan oçiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosi böyiça xuddi şunday tadbirlar Namangan viloyatida ham ötkazilmoqda.