12:29 / 10.03.2022
27347
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida otishma yuz berdi 

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida ikki davlat chegarasining bahsli uchastkalaridan birida otishma sodir bo‘ldi.

Foto: AP Photo/Vladimir Voronin

Quroldan foydalanish bilan bog‘liq hodisa Qirg‘izistonning Botken viloyati, Teskey tumanida chegaraning belgilanmagan qismida sodir bo‘lgan. 

Qirg‘iziston chegara xizmatining qayd etishicha, tojik chegarachilari ilgari qo‘llagan harakat yo‘nalishini o‘zgartirib, yangi chegara qo‘riqlash chizig‘iga kirgan va qirg‘iz chegarachilaridan bu hududni tark etishni talab qilgan. 

O‘z navbatida, Tojikiston tomoniga ko‘ra, Qirg‘iziston chegarachilari Tojikiston hududiga o‘tib, tojik chegarachilaridan bu hududni tark etishni talab qilishgan.

«Qirg‘iziston chegarachilari Tojikiston hududiga (Isfara tumani, Chorkuh mahallasi, Vahdat) o‘tib, tojik chegarachilaridan bu hududni tark etishni talab qilishgan. Og‘zaki kelishmovchilik kelib chiqdi, qirg‘iz chegarachilari birinchi bo‘lib o‘t ochishdi, biznikilar javob qaytardi. Otishma natijasida bir tojik chegarachisi halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi, tojik dehqonlari ham yaralandi», degan mahalliy aholi vakillaridan biri «Aziya-Plyus»ga.

Halok bo‘lgan chegarachi va jarohatlangan fuqarolar haqidagi ma’lumot Isfara shahar markaziy kasalxonasi tomonidan tasdiqlangan. 

Chegara vakillarining telefon orqali muloqotidan so‘ng tomonlar bahsli hududdan chegara otryadlarini olib chiqib ketishgan.

Top