15:10 / 12.03.2022
8010
Qamchiq dovoniga harakatni vaqtincha cheklash uchun Toshkent viloyatida postlar tashkil etildi
Foto: YHXX

Qamchiq dovoniga harakatni vaqtinchalik cheklash uchun Toshkent viloyatining ayrim hududlarida postlar tashkil etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Postlar ro‘yxati:

1) A-373 avtomobil yo‘lining 107-kilometrida (Piskent tumani, Murotali MFY);

2) A-373 avtomobil yo‘lining 131-kilometrida (Ohangaron tumani, Beskostin chorrahasi);

3) A-373 avtomobil yo‘lining 137-kilometrida (Ohangaron shahri, Rohat kafesi);

4) A-373 avtomobil yo‘lining 180-kilometrida (Angren shahar, Angren terminali oldi);

5) A-373 avtomobil yo‘lining 183-kilometrida (Angren shahridan chiqish).

“Barcha haydovchilardan vaziyatni to‘g‘ri tushunib, YPX xodimlarining ishoralariga qat’iy amal qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma’lumotda.

Bundan oldin Qamchiq dovonida yo‘lning chetki qismi o‘pirilib tushgandi.

Dovondan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 229-kilometrida qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top