Qayd etilishicha, dovondan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 229-kilometrida qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan.

“239-kilometrda yo‘lning chetki yonbosh qismi o‘pirilib tushganligi sababli ushbu hududlarda harakatni tiklash bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu sababli, dovon yo‘lidan harakatlanmoqchi bo‘lgan haydovchilardan vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma’lumotda.

Bundan oldin Qamchiq dovoni vaqtincha yopilgani xabar berilgandi.