17:53 / 15.03.2022
3448
“Amirsoy” yo‘lida transport harakati tiklandi
Foto: Toshkent viloyati FVB

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lida me’yoridan ko‘p yog‘ingarchilik yog‘ishi natijasida sodir bo‘lgan tuproq ko‘chishi sabab avtomobillar harakati vaqtincha cheklangan edi.

Joriy yilning 15 mart kuni soat taxminan 04:00 - 05:00 lar oralig‘ida Bo‘stonliq tumanida joylashgan Tyan-Shan tog‘-tizmasi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi yo‘lining 34-piketida kuchli yomg‘ir yog‘ib, yerning loy holatiga kelishi oqibatida ko‘chish hodisasi sodir bo‘lgandi.

Foto: Toshkent viloyati FVB

Toshkent viloyati FVB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur hududda transport vositalar harakati tiklandi.

Hodisa sodir bo‘lgan hududda aholi yashash punkti, dam olish va boshqa obektlar joylashmagan va ko‘chki oqibatida hech kimga moddiy zarar yetmagan.

Mavzuga oid
Top