IIV YHXX xabariga köra, 29–30 iyun kunlari Toşkent viloyati Böstonliq tumanida Amirsoy dam oliş maskanida ötkazilayotgan Sky Camp Böstonliq-2024 festivali munosabati bilan marafon taşkil etilyapti.

Uşbu marafonda harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida Böstonliq tumani hokimining tegişli farmoyişi asosida 4R6 Toşkent—Çirçiq—Çimyon avtomobil yölining 56-kilometridan va mazkur yölga ötuvçi 4R12 avtomobil yöli 61-kilometrida transport vositalari harakati vaqtinça çeklanadi.

Şu sababli haydovçilardan Çimyon, Amirsoy, Bildirsoy dam oliş maskanlariga boruvçi fuqarolarga Çorvoq—“Piramida”—Yusufxona orqali harakatlaniş tavsiya etiladi.