03:03 / 17.03.2022
22757
«Vilyarreal» 3ta gol urib «Yuventus»ni YeChLdan chiqarib yubordi, «Chelsi» javob bahsida ham g‘alaba qozondi
Foto: UEFA

Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 final bosqichi yakunlandi. 

«Yuventus» kutilmaganda o‘z maydonida «Vilyarreal»ga yirik hisobda yutqazib, musobaqani tark etdi. Moreno, Torres va Danjumaning gollari Emeri jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. Jamoalarning Ispaniyadagi o‘yinida durang qayd etilgandi. 

O‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishgan «Chelsi» «Lill»ni safarda ham mag‘lubiyatga uchratdi. Yilmazning goliga Pulishich va Aspilikueta javob berishdi.

Shu tariqa chorakfinalga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi — «Bavariya» (Germaniya), «Manchester Siti» (Angliya), «Liverpul» (Angliya), «Real» (Ispaniya), «Atletiko» (Ispaniya), «Benfika» (Portugaliya), «Chelsi» (Angliya) va «Vilyarreal» (Ispaniya). 

18 mart kuni 1/4 final bosqichiga qur’a tashlanadi.

YeChL. 1/8 final. 16 mart
Javob o‘yinlari

Yuventus — Vilyarreal 0:3
Gollar:
X.Moreno (78, penalti), Torres (85), Danjuma (90+2, penalti).
Yuventus – Shchensni, Danilo, Rugani (Dibala, 79), de Ligt, De Shilo, Kuadrado, Rabo, Lokatelli (Bernardeski, 83), Artur, Morata (Ken, 86), Vlahovich. 
Vilyarreal – Ruli, Ore, Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Pino (Chukvueze, 65), Trigeros (Koklen, 64), Kapu, Parexo (Pedrasa, 86), Lo Chelso (Xerar Moreno, 74), Danjuma.
Ogohlantirish: de Ligt (90).
Birinchi o‘yin — 1:1.

Lill — Chelsi 1:2
Gollar:
Yilmaz (38, penalti) — Pulishich (45+3), Aspilikueta (71).
Lill – Leo Jardim, Chelik (Vea, 58), Fonte, Botman (Onana, 58), Jalo, Gudmundsson (Bradarich, 78), Andre, Sheka, Bamba (Gomes, 78), Yilmaz, Devid (Bin Arfa, 77). 
Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen (Chaloba, 33), Alonso, Kovachich (Maunt, 46), Jorjino (Loftus-Chik, 74), Kante, Pulishich (Lukaku, 74), Haverts (Ziyosh, 83).
Ogohlantirishlar: Chaloba (34), Gudmundsson (42).
Birinchi o‘yin — 0:2.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top