20:54 / 21.03.2022
23515
Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘rayev o‘z vazn toifasida O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
Foto: MOQ matbuot xizmati

Xiva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. 

MOQ matbuot xizmati xabar berishicha, musobaqaning so‘nggi kungi dasturida og‘ir vaznli sportchilar o‘zaro bahs olib bordi. Akbar Jo‘rayev eng og‘ir vazn toifasida (+109 kg) ishtirok etdi. Tokio—2020 chempioni va rekordchisi dast ko‘tarishda 185 kg, siltab ko‘tarishda 232 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, ikki kurash bo‘yicha 417 kg natija ko‘rsatdi.

Shuningdek, Rio—2016 g‘olibi Ruslan Nuriddinov -109 kg vaznda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. U umumiy hisobda 415 kg (185+230) og‘irlikdagi toshni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

Og‘ir vazn toifalarida chempionlar qayd etgan natijalar:

  • -96 kg: Hojiakbar Olimov (Samarqand viloyati) – 328 (150+178) kg;
  • -102 kg: Sunnat O‘sarov (Toshkent viloyati) – 371 (170+201) kg;
  • -109 kg: Ruslan Nuriddinov (Andijon viloyati) – 415 (185+230) kg;
  • +109 kg: Akbar Jo‘rayev (Toshkent viloyati) – 417 (185+232) kg.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning dekabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Akbar Jo‘rayev oltin, Ruslan Nuriddinov esa kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

Top