Özbekiston terma jamoasi a’zosi, Olimpiada va jahon çempioni Ruslan Nuriddinov bugun tongda bölib ötgan (Toşkent vaqti bilan soat 05:00) -109 kg vazn toifasida öz çiqişini amalga oşirdi va mutlaq jahon çempionligini qölga kiritdi. Bu bilan andijonlik sportçi ikki bor jahon çempionligiga erişgan birinçi özbek oğir atletikaçisiga aylandi.

Ruslan dast kötariş maşqida 177 kg, siltab kötarişda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg bilan uşbu vazn toifasida tengsiz ekanini körsatib, 3 yönalişda oltin medallarga egalik qildi. Bu uning faoliyatida jahon birinçiligidagi ikkinçi çempionlikdir. U eng yaqin ta’qibçisini 8 kilogrammga ortda qoldirişga erişdi.

Uşbu vazn toifasida gruziyalik atlet Giorgi Çxeidze umumiy 389 kg (170+219) bilan ikkinçi örinni va kolumbiyalik sportçi Rafael Kastilo esa umumiy 388 kg (174+214) bilan uçinçi örinni egalladi.