Prezidentning “Oğir atletika sport turini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha bilan:

oğir atletika sport turini rivojlantirişning asosiy yönalişlari;

oğir atletika böyiça barça yoş toifasidagi terma jamoalar a’zolari bilan individual işlaş tizimini yaratiş hamda ular professional tayyorgarligini taşkil etiş uçun davlat budjetidan moliyalaştiriladigan oğir atletika böyiça Ruslan Nuriddinov sport markazini taşkil etiş;

2025-2026-öquv yilidan boşlab davlat sport ta’lim muassasalarida oğir atletika böyiça davlat buyurtmasi parametrlarini oşiriş;

oğir atletikaga ixtisoslaşgan hududlarda ayollar oğir atletikasini rivojlantiriş yuzasidan alohida dasturlarni qabul qiliş hamda mahalliy budjet va homiylar mablağlari hisobidan bosqiçma-bosqiç zamonaviy infratuzilma va jihozlar bilan ta’minlangan oğir atletika bazalarini barpo etiş;

oğir atletika böyiça Ruslan Nuriddinov sport markazini Toşkent viloyati, Çirçiq şahri, Talabalar köçasi, 10-uy manzilida joylaşgan Yoşlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi bino-inşootlarga operativ boşqaruv huquqiy asosida joylaştiriş;

oğir atletika sport turini 2023-2026 yillarda kengroq rivojlantiriş dasturini hamda 2023-2026 yillarda oğir atletika sport turini rivojlantirişning maqsadli körsatkiçlarini tasdiqlaş;

2024 yildan boşlab har yili an’anaviy tarzda:

oğir atletika böyiça xotin-qizlar örtasida “Markaziy Osiyo oçiq çempionati”;

oğir atletika va para pauerlifting böyiça nufuzli Uzbekistan Open xalqaro turniri;

oğir atletika böyiça Xalqaro oğir atletika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yoş toifalari böyiça uç bosqiçli (tuman/şahar, hududiy va respublika) çempionatlar va kuboklar;

oğir atletika böyiça davlat sport ta’lim muassasalari örtasida “Özbekiston çempionati” musobaqasini ötkaziş;

faoliyati davomida namuna körsatgan yuqori malakaga ega trener va mutaxassislar malakasini yanada oşiriş, zamonaviy bilim hamda könikmalarga ega bölişlarini ta’minlaş uçun ularni milliy terma jamoalarning xorijda ötkaziladigan öquv-yiğin maşğulotlari va xalqaro musobaqalar jarayoniga jalb etiş belgilanmoqda.