15:21 / 23.03.2022
15174
Xitoyda bir oilaga 15 nafar farzand ko‘rishga yo‘l qo‘ygan amaldorlar jazolandi

77 yoshli Lyan Er va 47 yoshli Lu Xunlan Xitoyda «bir oila – bir farzand» siyosati amal qilgan 1995 yildan 2016 yilgacha 15 farzandli bo‘lishgan.

Foto: Baidu

Xitoyda bir oilaga 15 nafar farzandli bo‘lishga yo‘l qo‘ygan 11 amaldor jazolandi, deb xabar berdi Asia One.

Xabarda aytilishicha, Guansi regionida yashovchi 77 yoshli Lyan Er va 47 yoshli Lu Xunlan Xitoyda «bir oila – bir farzand» siyosati amal qilgan 1995 yildan 2016 yilgacha 15 farzandli bo‘lishgan.

Bundan tashqari, ular er-xotin sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tmagan.

Mahalliy OAVning yozishicha, oila qashshoqlikda, davlat subsidiyalari va xayriyalar evaziga kun ko‘radi. Farzandlarning to‘rt nafari ishlaydi, qolganlari o‘qiydi.

Ushbu oila haqida hokimiyatga ma’lum bo‘lganidan so‘ng surishtiruv boshlangan. Surishtiruv natijalariga ko‘ra oilani kuzatib bormagan 11 amaldor jazolangan. Ularga ogohlantirish va jarima jazosi berilgan.

Mavzuga oid
Top