20:09 / 24.03.2022
9844
AQSh Ukrainaga bir milliard dollarlik yordam ko‘rsatishini bildirdi

Ukraina va unga qo‘shni mamlakatlarga “demokratiya va inson huquqlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlov” sifatida qo‘shimcha 320 million dollar ajratiladi. 

Foto: Anadolu Agency

AQSh Ukrainadagi vaziyat sababli gumanitar yordam sifatida 1 milliard dollar ajratishga tayyor. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

"Bugun AQSh Rossiya urushi ta’sirida qolgan Ukraina va buning dunyo bo‘yicha og‘ir oqibatlari uchun gumanitar yordam sifatida 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishga tayyorligini ma’lum qiladi", - deyiladi Oq uy bayonotida.

Shuningdek, AQSh Ukraina va unga qo‘shni mamlakatlarga “demokratiya va inson huquqlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlov” sifatida qo‘shimcha 320 million dollar ajratadi. 

Ta’kidlanishicha, AQSh 2021 yildan buyon Yevropa va Yevrosiyo mintaqasiga iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, demokratiya va inson huquqlari sohalari uchun 1,1 milliard dollardan ortiq mablag‘ taqdim etgan.

Top