17:00 / 24.03.2022
15983
Halollikka asoslangan munosabatlar: Ucell’dan Sof tarifi
Foto: Ucell

2022 yil 21 martdan yangi Sof tarifi joriy etilib, u keyingi oyga ishlatilmagan trafikni o‘tkazish va xarajatlarni to‘liq nazorat qilish imkonini beradi.

Yangi Sof tarifi abonentlar manfaatlarini o‘ylagan holda yaratilgan va foydalanuvchilar ehtiyojlarini ko‘zlaydi.

Uning shiori - “Shunchaki. Hamisha. Arzonroq”. Shunchaki – foydalanishda soddalikka asoslanadi. Hamisha – abonentlar bilan doim muloqotda. Arzonroq – arzon narxlarda ko‘proq internet va daqiqalar.  

Andrey Shishkovskiy, Ucell Bosh direktori:

— Yangi tarif rejasini tayyorlashda abonentlarimizning birlamchi xohishlarini qondirishni asosiy maqsad sifatida belgiladik. Yangi tarif rejasi oldingidan ancha qulay. Hozir bizda tariflarning uch guruhi mavjud: kirish tariflari, modem va qurilmalar hamda tarif va smartfonlar uchun asosiy Sof tarifi. U juda sodda va tushunarli.

Sof — toza va shaffof ma’nolarini anglatadi. Biz har bir abonent bilan aynan shunday - o‘zaro ishonch va ochiqlikka asoslangan munosabatda bo‘lishni istaymiz. Bizning abonentlarimiz to‘liq erkin bo‘lishlarini xohlaymiz. Shuning uchun qo‘ng‘iroqlar va internetni manfaatli narxlarda taklif etamiz va aloqa uchun xarajatlarni abonentlarimizning o‘zlari nazorat qilishlariga imkon beramiz.

Gigabaytlar va daqiqalar “kuyib” ketmaydi

Keling, tanish vaziyatni tahlil qilamiz. Abonent tarif rejasiga ulandi va u o‘zi ulangan tarif bo‘yicha trafikka ega bo‘ldi. Oyning oxirida sarflanmagan gigabaytlar va daqiqalar qolishi mumkin. Yangi davr boshlanishi bilan qoldiqlar “kuyib” ketadi. Odamga alam qiladi, to‘g‘rimi? Joriy hisob davrida tarif bo‘yicha daqiqalar, SMS va GBlarning qoldig‘i keyingi oyga o‘tkaziladi. Faqat abonentlik to‘lovini o‘z vaqtida to‘lasangiz bo‘lgani.

Xarajatlarni to‘liq nazorat qilish

Ucell mobil aloqa xarajatlarini nazorat qilishga aql bilan yondashish imkoniyatini taqdim etadi. Sof tariflarida internet-trafigi muddati o‘tgach, tarif va paketlar bo‘yicha abonentda limitga qo‘shimcha avtomatik tarifikatsiyasi boshlanmaydi. Tarifda GB tugasa, abonent taklif qilingan uchta yechimdan birini tanlashi mumkin:

  • Qo‘shimcha internet-paketga ulanish;
  • Restart xizmatidan foydalanish – tarifda limitlarni yangilash;
  • Limitga qo‘shimcha tarifikatsiyani ulash.

Sof tarif rejasida abonentlik to‘lovini to‘liq hajmda yechish uchun abonentning hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonentlik to‘lovidan pul yechilmaydi. Nomer vaqtincha blokka tushmaydi, abonent hisobini yetarlicha to‘ldirganidan keyingina abonent to‘lovi yechiladi va trafik to‘liq hajmda belgilanadi. Hisobingiz nol va bloklangan bo‘lganda ham ucell.uz saytiga kirib, mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.  

Limitsiz qo‘ng‘iroqlar va yanada ko‘p internet

Operator har bir foydalanuvchining ehtiyojini hisobga olishga intilgan. Tariflar ko‘p gaplashishni xush ko‘ruvchi va har doim onlayn bo‘lishni istaganlar uchun muhim.

Yana bir afzallik: narxiga nisbatan hajm bo‘yicha yanada manfaatli to‘ldirish. Tariflarda internet yanada ko‘p, 40 ming so‘mdan boshlanadigan Sof tariflarida esa, qo‘ng‘iroqlar limitsiz. Bundan tashqari, internet, daqiqalar va SMS uchun limitga qo‘shimcha tarifikatsiyaning narxi bir necha martaga kamaytirilgan.

Hammasi halol

Abonent nimaga to‘lov qilgan bo‘lsa, barchasidan  foydalanishi mumkin. Bloklangan statusda ham u foydalanishga ulgurmagan internetidan foydalanish imkoniyati bo‘ladi.  

Abonentlar haqida qayg‘urib

Tarif rejasi qulay notifikatsiya bilan to‘ldirilgan. Trafigingiz yoki hisobingizda pulingiz tugayversa, operator sizni xushmuomala bilan ogohlantiradi. Notifikatsiyalar manbaga eltuvchi qulay havolalarga ega, bu yerda kerakli ma’lumotlarni olib, zarur amallarni bajarish mumkin.

Qo‘shimcha bonus sifatida Sof tarifiga ulangan barcha abonentlarga bir oylik limitsiz Telegram taqdim etiladi va unga tarifdagi internet sarf qilinmaydi.

Sof tariflariga istalgan boshqa tarif lineykasidan o‘tish mumkin. 

Tarifga o‘tish: *120#

Feysbuk: facebook.com/ucell

Telegram: telegram.me/ucell

Yutub: youtube.com/user/ucellofficial

Instagram: instagram.com/ucell_uz/

Reklama huquqi asosida

Top