Texnologik yetakçi sifatida Ucell uşbu yönalişga alohida e’tibor qaratadi va ekologik monitoringni özining barqaror rivojlaniş sohasidagi faoliyatining ajralmas qismiga aylantiradi. Yirik uyali aloqa operatori nafaqat zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etişga, balki ekologik muammolarni hal etişga ham hissa qöşişga tayyor.
Kompaniya özining keng qamrovli infratuzilmasi tufayli turli hududlarda, jumladan, çekka joylarda ham atrof-muhit holatini kuzatiş jarayonida iştirok etiş imkoniyatiga ega. Buning uçun zamonaviy texnologiyalar, xususan, tabiat holati töğrisida ma’lumot oliş imkonini beruvçi datçiklar va sensorlardan foydalaniladi.
Bu tizim havo, suv, tuproq holatini doimiy kuzatiş, iqlim özgarişi va biologik xilmaxillik holatini nazorat qilişni öz içiga oladi.
Kompaniya jalb qilingan ekologik monitoringning asosiy yönalişlari:
- Havo sifatini nazorat qiliş
- Suv resurslarini kuzatib boriş
- Iqlim şaroitini nazorat qiliş
Ucell innovatsion yeçimlarni qöllab, ekologik monitoringning yaxlit tizimini şakllantirib bormoqda. Bunday yondaşuv hududni keng qamrab olişni ta’minlaydi va ma’lumotlarni real vaqt rejimida oliş imkonini beradi. Qöşimça afzalliklari - atrof-muhitning joriy holatiga baho beriş va uning özgarişini başorat qiliş imkonini beruvçi tahliliy vositalardir. Bu esa ekologik özgarişlar va yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarga öz vaqtida munosabat bildiriş imkoniyatini yaratadi.
Ekologik monitoring loyihalarini amalga oşiriş orqali Ucell barqaror rivojlaniş tamoyillariga sodiqligini namoyon etmoqda va zamonaviy texnologiyalar nafaqat aloqa masalalarini hal etişi, balki tabiatni muhofaza qiliş va mamlakatning ekologik xavfsizligini ta’minlaşda muhim vosita bölib xizmat qilişi mumkinligini körsatmoqda.
Reklama huquqi asosida










