15:06 / 24.03.2022
26370
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 26–27 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfidan ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, quyidagi hududlarda sel kelish xavfi e’lon qilinadi:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Yuqori Chirchiq tumanlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati markazi 17 mart kuni O‘zbekistonda 2022 yil mart oyi uchun ilgari kuzatilmagan darajada yomg‘ir yog‘gani haqida ma’lum qilgandi. Mart oyi boshlangandan beri respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida yog‘ingarchilik odatdagidan 2-3 marta ko‘p bo‘lgan. Toshkentda deyarli 2 oylik miqdorda yog‘ingarchilik yog‘gan. 

Mavzuga oid
Top