20:00 / 28.03.2022
12404

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i 12 yoshda. Xodimlar ishtirokida xayriya marafoni tashkil qilindi

26 mart kuni Qo‘qon shahrida ISHONCH do‘konlar tarmog‘i tashkil etilganining 12 yilligi munosabati bilan xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi.

Marafonda ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan filial xodimlari ishtirok etishdi. Har bir viloyatning 12 nafar yuguruvchilaridan tashkil topgan jamoalar qatnashdi.

Foto: ISHONCH

Qo‘qon shahrining markaziy stadioni bo‘ylab eng uzoq masofani yugurib o‘tgan jamoa Farg‘ona viloyati vakillari deb topildi. Mazkur jamoa 146 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi.

Farg‘ona jamoasini qo‘lga kiritgan yutug‘i bilan muborakbod etgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i bosh direktori Farrux Qahhorov ularga 120 million so‘m pul mukofotini taqdim etdi.

Foto: ISHONCH

G‘olib jamoa qo‘lga kiritgan mukofotni istalgan soha uchun xayriya sifatida topshirishlarini ma’lum qilishdi. Shundan so‘ng kompaniya faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola qilindi.

ISHONCH xodimlari hamda tomoshabinlar uchun konkurslar, turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi.

Foto: ISHONCH

Shuningdek marafon doirasida uzoq yillardan buyon sohada samarali mehnat qilib kelayotgan Azizxon Salimov, Qodirjon Rahmonov hamda Farhodjon Zokirov rahbariyat tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xayriya marafoni doirasida uzunligi 12 metr bo‘lgan Qo‘qon holvasi hamda 12 raqami tushirilgan patirlar tayyorlanib tadbir ishtirokchilariga tarqatildi.

Foto: ISHONCH

Dastur so‘ngida MC Doni, Sahar guruhi va Mittivine yigitlari ishtirokida konsert dasturi namoyish qilindi.

Foto: ISHONCH
Foto: ISHONCH

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i bundan 12 yil avval (2010 yil 16 martda)  Uchko‘prik tumanida o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda do‘konlar tarmog‘ining Respublika bo‘yicha 51dan ortiq filiali mavjud bo‘lib, ularda 3 500 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda.

Foto: ISHONCH

ISHONCH do‘konlar tarmog‘ida maishiy texnikalar, zamonaviy smartfonlar, mebellar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, sport anjomlari, santexnika mahsulotlari, avtomobil ehtiyot qismlari, qurilish materiallari, parfyumeriya kabi 7000dan ortiq turdagi mahsulotlar mavjud.

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i 15dan ziyod turli mukofotlarga sazovor bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top