Samarqand davlat universiteti ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan talaba qiz oliygoh yotoqxonasining 9-qavatidan o‘zini tashlab, halok bo‘lgan. Qiz yotoqxonaning 6-qavatida yashagan.

Holat 29 mart kuni tungi soat 02:00 larda Spitamen shohko‘chasidagi talabalar yotoqxonasida sodir bo‘lgan. Talaba universitetning kechki ta’lim yo‘nalishida tahsil olgani aytilmoqda.
Universitetning yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori Shahzoda Negmatova talaba qizning xulq-atvori, o‘qishga bo‘lgan munosabati haqida ma’lumot berar ekan, uning hech kim bilan ziddiyatga bormagani, biroq o‘zi jur’atsizroq bo‘lganini aytgan.
Halok bo‘lgan talaba qiz Past Darg‘om tumanidan bo‘lib, yotoqxonaning 6-qavatida yashab kelgan va o‘zini 9-qavatdan tashlagan.
Samarqand viloyat prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, talaba og‘ir tan jarohati olishi oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.