10:02 / 08.04.2022
4411
O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘iston va Rossiyaga 97 ming tonna meva va sabzavotlarni yetkazib berdi

O‘zbekiston ikki oyda 114 mln dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 114 mln dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.

O‘zbekiston 2022 yilning dastlabki ikki oyida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 67,5 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Rossiya – 29,5 ming tonna;
  • Xitoy – 16,6 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 14 ming tonna;
  • Afg‘oniston – 6,8 ming tonna;
  • Pokiston – 3,3 ming tonna;
  • Ukraina – 3,3 ming tonna;
  • Turkiya – 3,2 ming tonna;
  • Eron – 2,5 ming tonna;
  • Ozarboyjon – 2,4 ming tonna;
  • Belarus – 2,2 ming tonna;
  • BAA – 1,4 ming tonna;
  • Germaniya – 553 tonna;
  • AQSh – 386 tonna.

Bundan oldin O‘zbekiston ikki oyda 164 ming tonna meva va sabzavotlarni xorijga sotgani ma’lum qilingandi

Yanvar-fevral oylarida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi quyidagicha:  

  • meva va rezavorlar – 19,2 ming tonna;
  • quritilgan meva va rezavorlar – 8,7 ming tonna;
  • sabzavotlar – 100,4 ming tonna; 
  • qalampir – 2,6 ming tonna; 
  • pomidor – 12,5 ming tonna; 
  • uzum – 9,5 ming tonna;
  • mayiz – 15,2 ming tonna;
  • yeryong‘oq – 4,2 ming tonna;
  • tarvuz-qovun – 337 tonna.
Top