22:48 / 15.04.2022
41041
Mercedes elektromobili bir marta quvvatlanishda 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi

Vision EQXX butun yo‘l davomida 9 litr benzinga teng elektr energiyasi sarflagan. Elektr energiyasining o‘rtacha sarfi 100 kilometrga 8,7 kVt/soatni tashkil etgan.

Foto: Mercedes-Benz

Mercedes-Benz kompaniyasi Vision EQXX elektromobilning sinovi muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qildi

Elektromobil Germaniyaning Zindelfingen shahridan yo‘lga chiqib, Shveytsariya va Italiya hududi orqali Fransiyaning Kassis shahrigacha 1000 kilometrdan ortiq masofani bir marta quvvatlanishda bosib o‘tgan. 

Qayd etilishicha, sinov turli ob-havo sharoitlari, dengiz sathidan turli balandlikda, har xil tezliklarda o‘tkazilgan. 

Elektromobil manziliga yetib kelganida uning batareyasida yana 15 foiz quvvat qolgan.

Vision EQXX butun yo‘l davomida 9 litr benzinga teng elektr energiyasi sarflagan. Elektr energiyasining o‘rtacha sarfi 100 kilometrga 8,7 kVt/soatni tashkil etgan.

Shu tarzda Mercedes-Benz 2021 yil iyulda bergan va’dasini bajardi. Kompaniya o‘shanda Vision EQXX eng tejamkor va uzoq yo‘l bosuvchi elektromobil bo‘lishini bildirgandi.  

Top