17:56 / 18.11.2023
8735

Toshkent shahrida Mercedes-Benz- «MB-City» yangi rasmiy dilerlik markazi ochildi

Foto: MB-City

Mercedes-Benz AG kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh distribyutori "Avtocapital" MChJ Tashkent-City hududida yangi dilerlik markazi ochilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Bu Mercedes-Benz'ning O‘zbekiston Respublikasidagi uchinchi rasmiy dileri.

MB-City - ga xush kelibsiz.

Bu shunchaki yangi shourum emas, balki brend falsafasining jismoniy timsoli bo‘lib, uning maqsadi sizni kelajakning hashamati va premium muhitiga sho‘ng‘itishdir. Har bir detalda taraqqiyot, innovatsiyalar, ilg‘or texnologiyalar - bularning barchasi bitta standartda, MAR20XX standartida birlashgan. Shourumda Mercedes-Benzning keng assortimentini uchratishingiz mumkin, shu jumladan, AMG va Maybachni ham. 

Brend muxlislarining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Mercedes-Benz shunchaki avtomobil emas, balki sizning ishonchli hamkoringizdir. Vakolatli dilerdan kerakli modelni sotib olib, xaridor uni o‘z xohishiga ko‘ra sozlashi mumkin, ranglardan tortib, to salon furnituralarigacha va albatta, har bir Mercedes - Benz avtomobili xavfsizlik sohasida ilg‘or texnologiyalarga ega.

"MB-City" rasmiy dileri Mercedes-Benz AG konsernidan personallashtirilgan avtomobil, shaffof narx va butun jahon kafolatiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. 

Yangi shourumning muhim xususiyat interaktiv mijozlarga maslahat berish zonasidir. Maxsus raqamli vizualizatsiya tizimlari yordamida mijozlar avtomobil haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin. Bu ularga avtomobilning tafsilotlari va xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, yangi dilerlik markazining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu avtomobilni xaridorga topshirish uchun maxsus zona mavjudligidir. Ushbu maxsus ishlab chiqilgan hududda avtomobil mijozga tantanali muhitda topshiriladi va bu brendning premium maqomini ifodalaydi. Bundan tashqari, dilerlik afsonaviy Mercedes-Benz brendining har bir muxlisiga brend obro‘sining timsoli bo‘lgan original aksessuarlar va kiyimlarni sotib olish uchun eksklyuziv imkoniyatni taqdim etadi.

«Mercedes-Benz dunyodagi eng taniqli premium brendlardan biri hisoblanadi. Jahon avtomobil bozorida 130 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelayotgan Mercedes-Benz AG konserni dunyodagi eng xavfsiz va innovatsion premium avtomobil segmentini ishlab chiqaruvchi maqomini qo‘lga kiritdi va bizning mijozlarga O‘zbekistondagi Mercedes-Benz brendining rasmiy distribyutori Toshkent shahrida yana bir dilerlik korxonasini ochgani haqida xabar berishdan mamnunmiz» - dedi "Avtocapital" MChJ Bosh direktori Balan Yevgeniy.

"MB-City" Mercedes-Benz brendining barcha ixlosmandlari uchun o‘z eshiklarini ochadi!

Bizning manzil: 

Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 3A, 08-blok. 

Telefon: +998 78 120 77 00

Sayt: https://mercedes-benz-city.uz/

Instagram: https://instagram.com/mbcity.uz

Feysbuk: https://www.facebook.com/mbcity.uz?mibextid=LQQJ4d

Reklama

Mavzuga oid
Top