Germaniyaning Mercedes-Benz avtomobil işlab çiqaruvçisi Rossiyadan çiqişini va mahalliy şu’ba korxonalari uluşlarini «Avtoprom» dilerlik xoldingiga sotişini e’lon qildi. Konsern «Mersedes-Bens RUS» OAJ, «Mersedes-Bens Manufekçuring Rus» MÇJ (Moskva viloyatidagi zavod), «Mersedes-Bens Faynenşl Servisez Rus» MÇJ, «Mersedes-Bens Bank Rus» MÇJ va «Mersedes-Bens Kapital Rus» aksiyalari bilan xayrlaşmoqda. Bu haqda 26 oktyabr, çorşanba kuni Mercedes-Benz kompaniyasining Rossiya vakolatxonasi xabar berdi. 

Uşbu bitimning bajarilişi barça tegişli organlar tomonidan tasdiqlanişi kerak. Bitim şartlarini kelişişning asosiy ustuvor yönalişlari Rossiyadan kelgan mijozlar oldidagi sotuvdan keyingi xizmat körsatiş va moliyaviy xizmatlar körsatiş sohasidagi majburiyatlarning maksimal darajada bajarilişini ta’minlaş, şuningdek, xodimlar uçun iş joylarini saqlab qoliş böladi, dedi «Mersedes-Bens Rus» OAJ boş direktori Natalya Koroleva öz matbuot xizmati orqali.

Rossiya Sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmatiga köra, «Avtodom» Mercedes-Benz rus bölinmalarining yangi egasi sifatida Moskva yaqinidagi avtomobil zavodida qöşma işlab çiqarişni taşkil etiş uçun boşqa kompaniyalarni şerik sifatida jalb qilişi mumkin. Vazirlik kompaniyaga texnologik hamkor tanlab beriş haqida va’da qilgan.

Mercedes-Benz Group AG mart oyi boşida Rossiyada avtomobillar eksporti va işlab çiqarişni töxtatayotganini e’lon qilgan sönggi Yevropa avtomobil işlab çiqaruvçisi böldi. Bundan sal oldinroq, 2021 yil dekabr oyida Mercedes-Benz kompaniyasidan ajralib çiqqan Daimler Truck Holding AG ham Rossiyadagi faoliyatini töxtatib, Naberejniye Çelni şahrida «KamAZ» bilan qöşma korxona quriş istiqbollarini qayta körib çiqişini ma’lum qilgan edi. 

Mercedes-Benz Rossiyani tark etgan uçinçi yirik xorijiy avtomobil işlab çiqaruvçisi hisoblanadi. Avvalroq Renault va Nissan öz aktivlarini nominal tölov evaziga davlat mulkiga ötkazib, Rossiya bozorini tark etgan edi. 

Moskva yaqinidagi Yesipovodagi Mercedes-Benz zavodi 2019 yilda iş boşlagan. U yiliga 25-30 ming dona premium xorijiy avtomobil işlab çiqarişga möljallangan. Konveyyerga tuşgan birinçi model Mercedes E-Klasse edi. Loyihaga kiritilgan investitsiyalar 19 milliard rublni taşkil etdi. 2021 yilda Rossiyada Mercedes-Benz savdosi 11 foizga oşib, 43 011 ta avtomobilni taşkil etdi. Mart oyi boşida, Ukrainadagi uruş fonida, nemis kompaniyasi Moskva viloyatida avtomobillar işlab çiqarişni va Rossiyaga import qilişni töxtatdi.