Toşkentda Mercedes-Benz avtomobili yuridik şaxsning qarzini qoplaş uçun auksionda sotiladi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Toşkent şahar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Iqtisodiy işlar böyiça sudning 2023 yil 18 sentabrdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor V.M. korxonasidan undiruvçi Agrobank ATB Toşkent şahar filiali foydasiga 4 mlrd sömdan ortiq qarzni undiriş va qarzdor korxonaga tegişli bölgan Mersedes-Benz GLE450 rusumli avtomobilga qaratiş belgilangan.
Davlat ijroçisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida garovdagi avtotrasnport vositasi xatlanib, 1 mlrd 24 mln sömga baholangan. Ta’kidlanişiça, avtomobilni onlayn-auksionga çiqariş çoralari körilmoqda.













