02:10 / 27.04.2022
18974
YeChL. «Siti» yarimfinalning birinchi o‘yinida «Real»dan ustun keldi
Foto: UEFA

Yevropa Chempionlar Ligasida yarimfinal bahslari boshlandi. 

«Manchester Siti» o‘z maydonida «Real»ni qabul qilib, gollarga boy ochiq o‘yinda g‘alabaga erishdi. De Bryuyne, Jyezus, Foden va Silvaning gollariga mehmonlardan Benzema (2ta) hamda Vinisius javob berishdi. 

Mezbonlardan Silva chiroyli gol urgan bo‘lsa, mehmonlardan Vinisius maydon yarmidan reyd uyushtirib to‘p kiritdi. Benzema esa penaltini Panenka uslubida ijro ijro etib, 14ta gol bilan turnir to‘purariga aylanib oldi.

Madriddagi javob o‘yini 4 may kuni bo‘lib o‘tadi. 

YeChL. Yarimfinal. Birinchi o‘yin
Manchester Siti — Real 4:3

26 aprel, «Etihad»
Gollar: de Bryuyne (2), Jyezus (11), Foden (53), Silva (74) — Benzema (33, 82 penalti), Vinisius (55).
Manchester Siti – Ederson, Stounz (Fernandino, 36), Laport, Diash, Zinchenko, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Foden, Marez, Gabriel Jyezus (Sterling, 83).
Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba (Nacho, 46), Militao, Mendi, Modrich (Sebalos, 79), Kroos, Valverde, Benzema, Vinisius Junior (Asensio, 88), Rodrigo (Kamavinga, 70). 
Ogohlantirishlar: Fernandino (81), Nacho (90+3).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top