15:09 / 27.04.2022
17464
Yevropaning to‘rt kompaniyasi Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirdi – Bloomberg

Mart oxirlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin «nodo‘st davlatlar»ga tabiiy gaz faqat rublda sotilishi ko‘zda tutilgan farmonni imzolagandi.

Foto: Bloomberg

Yevropaning Rossiyadan gaz sotib oluvchi o‘nta kompaniyasi to‘lovni rublda amalga oshirish uchun «Gazprombank»da hisobraqam ochdi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar berdi. 

«Gazprom»ga yaqin manbaning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar o‘nta kompaniya hisobraqam ochgan, to‘rt kompaniya esa rublda to‘lov qilgan. 

Rossiya 26 aprel kuni Polshaga, 27 aprel kuni esa Bolgariyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu mamlakatlar gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirishni rad etgandi.

31 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “nodo‘st davlatlar”ga tabiiy gaz faqat rublda sotilishi ko‘zda tutilgan farmonni imzolagandi.

Farmonda aytilishicha, Rossiyadan gaz sotib olishni istagan G‘arb davlatlari Rossiya banklarida hisobraqami ochishi kerak.

Top