Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning qator hududlarida gaz va elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Bektemir va Yangihayot tumanlari ayrim hududlariga 24 aprel kuni tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tufayli Bektemir va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlariga 24 aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Bektemir tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha):
- aholi iste’molchilar — “Oltintopgan” MFY Barkamol ko‘chasidagi 230 ta xonadon;
- ulgurji iste’molchilar — 16 ta.
Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha):
- aholi iste’molchilar — “Navqiron” MFY Sergeli 1-mavze ko‘p qavatli uylaridagi 178 ta xonadon;
- “Olchazor” MFY Lutfikor ko‘chasidagi 163 ta yerli xonadon;
- ulgurji iste’molchilar — 4 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Shuningdek, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 24 aprel kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Bektemir tumani — “Musaffo”, “Nurli yo‘l” hamda “Sohil” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 13:00 gacha.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:20 / 04.07.2026