15:31 / 29.04.2022
5567
Pekinda koronavirus tarqalishi avj olgani sababli maktab va bog‘chalar yopildi

O‘quvchilar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilar zaruratsiz Pekinni tark etmaslik va ko‘pchilik bo‘lib to‘planmaslikka chaqirildi. 

Foto: AFP/Getty Images

Pekin hukumati shaharda koronavirus tarqalishi avj olgani sababli barcha bog‘cha va maktablarni yopmoqda, deb xabar berdi China Daily.

Pekin ta’lim komissiyasi vakili Li Ining so‘zlariga ko‘ra, barcha bolalar bog‘chalari, boshlang‘ich va o‘rta maktablar may bayramlari oldidan rejadagidan bir kun avval yopiladi. Ularning qachondan ish boshlashi bo‘yicha qaror epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib qabul qilinadi. 

Li I shuningdek, o‘quvchilar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilarni zaruratsiz Pekinni tark etmaslik va ko‘pchilik bo‘lib to‘planmaslikka chaqirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan sutkada Pekinda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 53ta, mamlakat bo‘yicha esa 5659ta yangi holat aniqlangan.

Top