08:26 / 02.05.2022
6723
Aprelda tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi

Aprel oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning aprel oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi. 

Qayd etilishicha, yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 10,4 foizga yetdi. 

2022 yilning aprel oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 2,1 foizga oshdi.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 1,4 foizga va aholiga pulli xizmatlar 0,5 foizga oshdi.

Bundan oldin mart oyida inflatsiya 1,5 foizgacha tezlashgani xabar qilingandi.

Top