Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov davlat budjeti taqçilligi oşib borayotganiga munosabat bildirdi.
Avvalroq xabar berilganidek, davlat budjeti defitsiti 2024 yilning I çoragida salkam 20 trln sömga yetgan.
Mamarizo Nurmurodov 25 aprel kungi matbuot anjumanida jurnalistlarning bu yil ham taqçillik belgilangan 4 foizlik çegaradan oşib ketsa, Markaziy bankning qanday instrumentlari borligi haqidagi savoliga javob berdi.
Nurmurodovning sözlariga köra, budjet xarajatlarining yuqori darajada oşişi monetar körsatkiçlarga, makroiqtisodiy barqarorlik va inflatsiyaga ham sezilarli ta’sir körsatadi.
“Bir narsani töğri tuşunişimiz kerak, inflatsiyani pasaytiriş – hamma iqtisodiy idoralarning oldidagi birinçi vazifa. Öz-özidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomondan hamma harakatlar qilinyapti. Har haftada kamida bir marta bu masalalarni muhokama qilamiz. Xavotirlar örinli. Birinçi çorakda şakllangan defitsit yana davom etişi mumkinmi? Birinçi çorakda asosan daromadlar tuşişi va xarajatlar oşişi biroz yuqori böladi. Bu yil ham şu tarzda şakllandi. Hukumatning hamma harakati defitsitni bu yil 4 foiz darajada uşlab qolişga qaratilgan.
Markaziy bankda defitsitni va ma’lum xarajatlarni kamaytiriş böyiça heç qanday instrument yöq”, – dedi Mamarizo Nurmurodov.
Uning qöşimça qilişiça, Markaziy bank bu masala yuzasidan xavotirlarini hukumatga kiritib boradi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston hukumati oxirgi 4 yildan buyon yil boşida ruxsat berilganidan köra köproq xarajat qilyapti.
Xususan, ötgan yili konsolidatsiyalaşgan budjet xarajatlari daromadlardan 59 trln söm yoki 5 mlrd dollardan köproqqa oşib ketdi. Davlat xarajatlarining keskin oşişi va daromadlarning mutanosib tarzda ösmagani oqibatida budjet taqçilligi rejadagidan salkam 2 barobarga oşib ketib, YaIMga nisbatan 5,5 foizni taşkil etdi.
2024 yil uçun davlat budjeti haqidagi qonun bilan













