14:57 / 04.05.2022
35574
Kiyevdagi miting va Meksikaga borgan ukrain qochqinlari. Urush suratlari

Rossiya bosqinining 69-kunida Zaporojyega Mariupoldan, shu jumladan «Azovstal» kombinati hududidan evakuatsiya qilinganlar yetib keldi. Shu bilan bir vaqtda rossiyalik harbiylar «Azovstal»ga zarbalar berishni davom ettirmoqda (u yerda hali ham tinch aholi vakillari bor). RF mudofaa vazirligi buni ukrain harbiylari sukunat rejimidan foydalangan holda o‘t ochish nuqtalariga chiqishgani bilan izohlagan. Ukrainaning qator regionlariga raketa zarbalari berildi: Lvovda uchta elektr podstansiyasi o‘qqa tutildi, Kirovogradsk, Dnepropetrovsk va Karpatorti oblastlarida — temiryo‘l infratuzilmalariga zarbalar berilgan.

Mexiko Siti yaqinidagi lagerda farzandi bilan turgan ukrainalik ayol. AP Photo/Marco Ugarte 

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • O‘tgan tunda Ukrainaning bir qancha oblastlarida aholi punktlarini minomyotlar va raketalar bilan o‘qqa tutish davom etdi. Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, seshanba kuni kechqurun rossiyalik harbiylar Ukrainaning turli hududlari bo‘ylab «20 ga yaqin» qanotli raketalar uchirgan va kamida beshta temiryo‘l stansiyalarini nishonga olgan.
  • Prezident Volodimir Zelenskiy shaharlarga yo‘llanayotgan zarbalar soni ortayotganiga munosabat bildirib, Rossiya shu tariqa «ojizlarcha qasd olayotgani»ni aytdi.
  • Britaniya harbiy razvedkasi xabar berishicha, Rossiya qo‘shinlari Izyum janubida Kramatorsk va Severodonetskka yurish qilish uchun qayta guruhlanmoqda, ammo hozircha ukrainlar mudofaasini yorib o‘ta olishmayapti.
  • Yevroittifoq chorshanba kuni Rossiya neftiga embargo kiritish muddati bo‘yicha aniq qarorga kelishi kutilmoqda.
  • Mariupoldagi «Azovstal» kombinati hududiga hujumlar tunda ham davom etgan.
  • Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday Popasnaya uchun janglar davom etayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar o‘tgan kun davomida shaharga shturm bilan kirishga uringan. Popasnaya uchun mart oyidan buyon shiddatli janglar olib borilmoqda.
  • Belarus qurolli kuchlarida «javob qaytarish kuchlarini to‘satdan tekshirish» boshlandi. Ushbu keng qamrovli tekshiruvning maqsadi «xodimlarning inqirozli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lganda tez javob berishga tayyorligi va qobiliyatini baholashdir».

Krivoy Rog 

Ukraina armiyasi ko‘ngillisi Valeriy Krivoy Rogda zirhli nimcha taqib ko‘rmoqda. Valeriy — Ukraina sharqidagi mojaro faxriysi. U tez orada ko‘ngilli sifatida frontga yo‘l oladi. Zirhli nimcha va harbiy formani Valeriyga Krivoy Rogdagi yerto‘lada ishlayotgan «Fazenda» ko‘ngillilar guruhi taqdim etishdi.
John Moore / Getty Images
Front chizig‘idagi rayonlardan evakuatsiya qilinganlar Krivoy Rog vokzaliga kelishmoqda. Ular bu yerdan Ukraina g‘arbiga, ehtimol xorijga ham ketishi mumkin.
John Moore / Getty Images

Chernigov oblasti 

Sloboda qishlog‘i aholisi qishloq kengashi binosi oldida o‘tiribdi, atrofda rossiyaliklarning yakson bo‘lgan tanki.
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Chernigov aholisi o‘qqa tutilgan bino ichidan yaroqli buyumlarini olib chiqmoqda.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Turar joy binosida vayron bo‘lgan kvartira. Foto: Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Buda qishlog‘ida yashovchi 61 yoshli ayol jurnalistlarga uning uyidan qolgan xarobani ko‘rsatmoqda.
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev shahri va Kiyev oblasti 

Bir oy davomida rossiyalik harbiylar ishg‘olida bo‘lgan Termaxovka qishlog‘i aholisi yonib ketgan harbiy texnika oldidan o‘tmoqda.
Anastasia Vlasova / Getty Images
Kiyevda dunyo yetakchilaridan Mariupoldagi tinch aholi vakillari va ukrain harbiylari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak tashkillashtirish talabi bilan miting o‘tkazildi. Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Severodonetsk

Lugansk oblasti ma’muriy markazi Severodonetskda urush davrida boshpanaga aylangan diniy marosim xizmatlari ofisi oldida turgan keksa yoshli ayollar.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Shahar shifoxonasida onasiga yordam ko‘rsatilayotgan vaqtda uni kutib turgan 11 yoshli qizi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kramatorskdan evakuatsiya vaqtila bir-birini quchayotgan kishilar. Foto: AP Photo/Andriy Andriyenko
Kelib chiqishiga ko‘ra ukrain bo‘lgan Amerika fuqarosi Mixail Pastenak va uning ukrainalik sevgilisi Maziana Hijozishin Mexiko Siti yaqinidagi Iztapalapada joylashgan Utopiya Park lagerida. Pastenak Hijozishin Qo‘shma Shtatlarda qochqin maqomini olishini tezlashtirishga yordam bermoqda. Foto: AP Photo/Marco Ugarte

Mariupol

Mariupol ko‘chalaridan birida chiqindilar uyumi. Foto: Pyotr Kovalyov / TASS
Ilich nomidagi metallurgiya kombinati avtoturargohi. Foto: Pyotr Kovalyov / TASS

Lvov

Ukraina janubi va sharqidan, jumladan Mariupoldan evakuatsiya qilinganlar olib ketilayotgan avtobus derazasidan qarayotgan bola. Avtobus Lvovdan Polsha Pshemislga yo‘l olmoqda. Foto: Leon Neal / Getty Images
Rossiya raketa zarbalaridan keyin ko‘tarilgan tutun. Shahar meri Andrey Sadoviy zarbalar oqibatida kamida ikki kishi jabrlangani va bir necha elektr podstansiyalari shikastlangani, ayrim rayonlar elektr ta’minotidan uzilgani haqida xabar bergan.
Leon Neal / Getty Images
O‘t o‘chiruvchilar Rossiya raketa zarbalaridan jabrlangan elektr podstansiyasida ishlamoqda
Andrii Gorb / Reuters / Scanpix / LETA
Havo trevogasi chog‘ida bombapanagohda o‘tirgan bolalar
Leon Neal / Getty Images
Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top