Ukrainada uruşning 801-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya mudofaa vazirligi Qrim uzra ATACMS rusumli törtta raketa urib tuşirilganini ma’lum qildi.
  • Xarkivda dronlar hujumi oqibatida tört kişi jarohatlandi.
  • Dnipropetrovsk oblastida dronlar kritik infratuzilma obektlariga hujum qildi, ikki kişi jarohatlangan.
  • Belgorodda portlaş oqibatida beş kişi jarohatlandi, region gubernatori buning sababini aytmagan.
  • Rossiya IIV saytida Volodimir Zelenskiy va Petro Poroşenko qidiruvga berilgani töğrisida e’lon paydo böldi.
  • Karpatorti oblastida harbiy komissariat xodimlari mahalliy aholi vakillari qişloqdoşlarining safarbar qilinişiga qarşi uyuştirgan namoyişi vaqtida bir neça bor havoga öq uzdi.
  • Ukraina rossiyalik va belruslik eşkakçilarni Olimpiada saralaşidan çetlatişni talab qildi.

Kun kadri. Lvivda Pasxa ibodatidan keyin

Lviv markazidagi çerkovlardan birining qavmi a’zolari (ulardan biri Ukraina qurolli kuçlari harbiysi) pasxa ibodatidan keyin ibodatxonani tark etmoqda. Çerkov binosi Rossiya armiyasining şaharga hujumi vaqtida şikastlanmasligi uçun örab qöyilgan. 
Roman Baluk / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv öqqa tutilişidan keyin çiqqan yonğin

Rossiya armiyasining Xarkivga 4 mayga ötar keçasi qilgan hujumidan keyin şaharning Industrial rayonidagi sanoat korxonalaridan birida (oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovga köra, fuqarolik obekti) yonğin çiqqan. Kamida tört kişi jarohatlangan. Va bu öşa kuni Xarkiv navbatdagi marta öqqa tutilişi edi.

Öt öçiruvçi Rossiya zarbasidan keyin yonib ketgan korxona hududida işlamoqda. Xarkiv rasmiylariga köra, yonğin obektga urib tuşirilgan «Geran-2» kamikadze droni tuşişi oqibatida yuzaga kelgan — RF qurolli kuçlarida eronliklar işlab çiqargan Shahed 136 dronlarini şunday ataşadi. 
Pavlo Pakhomenko / NurPhoto / Getty Images