Sönggi oylarda bu sözlar Ukrainadagi uruş tufayli yana keng iste’molga qaytdi. Rossiya hukumati 24 fevral kuni Ukrainaga bostirib kirişdan avval bu mamlakatni hokimiyat tepasiga kelgan «natsistlardan tozalaş va qurolsizlantiriş» (denatsifikatsiya va demilitarizatsiya)ni maqsad qilganini bayon etgan edi.

Ukraina ultraöng natsionalistlari. liveinternet.ru

Ukrainlar ham rus qöşinlari tuproqlariga bostirib kirgaç, ularni «faşistlar», deb atay boşlaşdi. Ruslar ham ularni şunday ayblaşmoqda. Xullas, göyoki har ikki tomonda «faşistlar» ham, «natsistlar» ham bordek. Köpçilik bu sözlarning mohiyatiga e’tibor bermasdan bot-bot işlatmoqda.

Taniqli rus blogeri Ilya Varlamov faşizm va natsizm iboralarining farqiga aniqlik kirituvçi video tayyorladi. Bu qörqinçli sözlarning farqini biliş köpçilik uçun foydali bölişini anglagan holda, uni e’tiboringizga tarjima qilib taqdim etamiz.

Faşizm nima?

Bu sözning ma’nosini biliş uçun Vikipediyaga murojaat qilamiz.

Bu ta’rifdan biror narsani anglab oliş qiyin. Umuman olganda, «faşizm» sözi italyança «fascio» (faşio) — «ittifoq» sözidan kelib çiqqan. U esa qadimiy lotinça «fasci» — «boğlam» söziga borib taqaladi. Qadimgi Rimda boğlam hokimiyat ramzi sanalgan. U jips qilib boğlangan novdalar şaklida bölgan. Öz-özidan, «faşizm» qandaydir birlik va jamoaviylik bilan boğliqligi yuzaga çiqadi.

Faşizmning asosiy ğoyaviy rahnamosi — faşistlar Italiyasini 1922 yildan 1943 yilgaça boşqargan Benito Mussolini bölgan. U «XIX asr individualistlar asri bölgan, XX asr esa kollektiv va davlat asri böladi», degan edi. Kelib çiqadiki, faşizmda davlat individdan ustun böladi, kollektiv esa şaxsdan muhimroq. Aynan hayotning köplab jabhalarida davlatning tartibga soluvçi roli faşizmning boş farqli jihati, deyişadi: öşa qadimgi Rim novdalaridek hamma bir xilda, bir-biriga öxşaş bölmoği kerak.