«Isroil oçiqçasiga Vladimir Putinga qarşi turişdan manfaatdor bölmasa-da, Putinning Ukrainadagi uruşiga qarşi demokratik Ğarb va «erkin dunyo» tomonida turişdan xuddi şu darajada manfaatdor», deya yozadi gazeta öz tahlilida.

Jerusalem Post Rossiya TIVning Isroil göyoki Ukrainadagi neonatsistlarni qöllab-quvvatlaşi töğrisidagi bayonotiga ham e’tibor qaratgan.

Gazeta Isroil boş vazirining Lavrovning sözlariga bildirgan reaksiyasi va Rossiya elçisi Isroil TIVga çaqirtirilgani Isroil bu uruşda bundan buyon betaraf pozitsiya egallamasligi va Ukrainani qöllab-quvvatlay boşlaşi haqida signal ekanini qayd etgan.

Haaretz gazetasi Lavrov Hitler töğrisidagi «antiqa bayonoti» bilan Rossiyaning tajovuzini oqlaş uçun behuda uringanini yozgan va Amerika yahudiylari qömitasi munosabatidan iqtibos keltirgan: «Biz bir neça bor denatsifikatsiya zarurati haqida aytganmiz - Kiyevda emas, Moskvada».

Gazeta Isroil soğliqni saqlaş vaziri va «Merets» partiyasi yetakçisi Nitsan Xorovitsdan ham iqtibos keltiradi: «Ukrainada neonatsistik rejim yöq. Zelenskiy - natsist emas. Ha, Isroil Rossiyaning beşafqat bosqini qarşisida Ukrainaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini yoqlaydi».

«Keçirib bölmas sözlar»

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Italiyaning Mediaset telekompaniyasiga bergan intervyusi diplomatik mojaro keltirib çiqardi. Prezident Volodimir Zelenskiyning özi yahudiy bölgani holda qanday qilib Ukrainani «natsifikatsiya»da ayblaş mumkinligi haqidagi savolga javoban rossiyalik vazir Adolf Hitlerda ham «yahudiy qoni» bölgani, qolaversa «eng aşaddiy antisemitlar» qoidaga köra yahudiylar bölişi haqida aytdi.

Lavrovning bayonoti noroziliklar tölqinini uyğotdi - butun dunyodagi yahudiylarning taşkilotlarida va Isroil hukumati vakillari orasida.

Isroil boş vaziri Naftali Bennet Rossiya TIV rahbarini yolğonçilikda aybladi va Holokost fojiasidan siyosiy maqsadlarda foydalanişga yöl qöyib bölmasligini ma’lum qildi.

Rossiya elçisi Isroil TIVga izoh beriş uçun çaqirildi, isroilliklar taşqi işlar vaziri Yair Lapid Lavrovning bayonotini «keçirib bölmas sözlar» deb atadi.

BBC’ning Quddus (Iyerusalim)dagi muxbiri qayd