Ikkinçi jahon uruşi tugagandan keyin uning asosiy ğolibi bölgan SSSR bu uruş bilan boğliq tarixni özi xohlaganiday turli yolğonlar bilan talqin qilgan. Maktablarda, oliy ta’limda öşa yolğonlar öqitilgan, ilmiy işlar yozilgan.

Ana şu yolğonlardan biri SSSR Ikkinçi jahon uruşiga 1941 yil 22 iyunda Gitler Germaniyasi bu davlatga bostirib kirganidan keyin qöşilgani haqidagi gaplar. Aslida esa sovetlar uruşiga Germaniya bilan imzolangan maxfiy kelişuvga muvofiq 1939 yil 17 sentabr kuni qöşilgan edi.

1939 yil 23 avgust kuni Moskvada Germaniya va sovet ittifoqi örtasida özaro hujum qilmaslik haqida şartnoma imzolanadi.

Imzolangan şartnomaning maxfiy qismi ham bor edi va unda tomonlar Şarqiy Yevropani özaro taqsimlab olişni kelişib olişgandi.

Ikkinçi jahon uruşi boşlangunça (1939 yil 1 sentabr) Yevropadagi vaziyat

1933 yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga nemis milliy-sotsialistik işçilar partiyasi vakili Adolf Hitler keladi. Öşa yili Germaniya Jyenevada qabul qilingan qurolsizlaniş böyiça konferensiyani tark etadi.

Oradan bir yil ötib Hitler özini fyurer deb e’lon qiladi va mamlakat qurolli kuçlari boş qömondoniga aylanadi. Şundan söng Germaniya zör berib qurollana boşlaydi.

Hitler nemislar oliy irq ekanini, boşqa millatlar ularga tobe bölişi va xizmat qilişi lozimligi haqidagi da’volarni ilgari suradi. Şu tariqa Germaniyada faşizm ğoyalari tarğib qilina boşlanadi.

1936 yildan boşlab Germaniya öz qöşnilari Polşa, Çexoslovakiya Avstriya kabi davlatlarga hudud da’volari bilan çiqadi. 1938 yilga borib nemis qöşinlari Avstriyani bosib oladi va uning Germaniyaga qöşilgani e’lon qilinadi.

Biroz ötib Çexoslovakiyaning Sudet viloyati bosib olinadi. Keyinroq 1939 yil mart oyida nemislar Çexoslovakiyani bir neçta yarim vassal hududlarga bölib taşlaydi.

1939 yil sentabrda Germaniya va SSSR Polşani bosib olib, bu davlat tugatilganini e’lon qilişadi. Şu tariqa, nemislarning Polşaga bostirib kirgan sanasi – 1939 yil 1 sentabr Ikkinçi jahon uruşining boşlanişi sifatida qayd etiladi.

Molotov-Ribbentrop pakti

Nemislar Şarqiy Yevropa davlatlarini bosib olişni maqsad qilar ekan, bunda ularga qöllov kerak edi. Öşa paytda Germaniya taşqi işlar vazirligi Fransiya, Buyuk Britaniya hukumati bilan muzokaralar olib boradi. Ammo ular Germaniyaning bosqinçilik siyosatiga mutlaqo qarşi çiqişadi.