19:19 / 05.05.2022
9147
Iroqda qum bo‘ronlari oqibatida besh mingdan ortiq odam jabrlandi

Tabiiy ofat Bag‘doddan tashqari, An-Najaf, Saloh-id-Din, Anbar, Diyala va Ad-Devoniya viloyatlarida sodir bo‘lgan.

Foto: AP

Iroqda yuz bergan qum bo‘ronlari oqibatida 5 mingdan ortiq odam shifokorlarga murojaat qildi, bir kishi vafot etdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Hozirga qadar qum bo‘ronlari natijasida Bag‘dodda bir o‘lim holati va 5 mingdan ortiq odamda nafas yetishmovchiligi qayd etildi", - dedi vazirlik vakili Sayf al Badr.

Tabiiy ofat Bag‘doddan tashqari, An-Najaf, Saloh-id-Din, Anbar, Diyala va Ad-Devoniya viloyatlarida sodir bo‘lgan.

Shifokorlar aholiga nafas olish bilan bog‘liq muammolar sodir bo‘lganda tibbiy yordam olish bo‘yicha tavsiyalar bermoqda.

Avvalroq mart oyida yuz bergan qum bo‘ronidan so‘ng Bag‘dodda 1,5 mingdan ortiq odam shifoxonaga yotqizilgan, bir kishi vafot etgandi.

Mavzuga oid
Top