16:06 / 06.05.2022
9203
Yevrokomissar Rossiya neftiga to‘liq embargo qachon kiritilishini ma’lum qildi

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen YeI Rossiya xom neftidan olti oy ichida voz kechish va 2022 yil oxiriga borib neft mahsulotlari importini taqiqlashni rejalashtirganini aytgandi.

Foto: Reuters

YeI to‘qqiz oy ichida Rossiya neftiga to‘liq embargo joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda iqtisodiyot masalalari bo‘yicha yevrokomissar Paolo Jyentiloni ma’lum qildi.

«Taklifimiz —turli neft mahsulotlariga to‘qqiz oy davomida embargo joriy etish. Agar buni qisqaroq muddatlarda amalga oshirsak, xalqaro neft narxi uchun oqibatlar kelib chiqishi mumkin, bu esa maqsadlarimizga zid bo‘ladi», — dedi u.

Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen YeI Rossiya xom neftidan olti oy ichida voz kechish va 2022 yil oxiriga borib neft mahsulotlari importini taqiqlashni rejalashtirganini aytgandi.

YeIning bu taklifini Vengriya, Chexiya, Slovakiya va Gretsiya qo‘llab-quvvatlamadi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiya energetikasidan voz kechish uchun mamlakatga besh yil kerak bo‘lishini aytdi.

Top