17:13 / 09.05.2022
3411
Shri-Lanka bosh vaziri iste’foga chiqishga ariza berdi 

Bosh vazir ukasi, prezident Gotabaya Rajapaksaga iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza bergan.

Foto: Reuters

Shri-Lanka bosh vaziri Maxind Rajapaksa iqtisodiy inqiroz va ommaviy noroziliklar fonida o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda Ada Derana portali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bosh vazir ukasi, prezident Gotabaya Rajapaksaga iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza bergan.

Avvalroq deputat Maytripala Sirisena prezident Gotabaya Rajapaksa akasi Maxind Rajapaksani bosh vazir lavozimidan ozod qilishga rozi bo‘lgani haqida ma’lum qilgandi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rajapaksa vaqtinchalik hukumatning Maxindni bosh vazirlikdan bo‘shatish taklifini qabul qilgan. 

So‘nggi yillarda Shri-Lanka kuchli iqtisodiy inqirozga duch keldi, bu esa mamlakatdagi siyosiy qarama-qarshiliklarni kuchaytirdi.

Mavzuga oid
Top