Misli körilmagan iqtisodiy inqirozga yuz tutgan Şri-Lanka yangi prezident, sobiq boş vazir Ranil Vikramasingeni sayladi. Sobiq prezident norozilik namoyişlari tufayli mamlakatni tark etdi, biroq aynan uning partiyasi yangi rahbarni qöllab-quvvatladi.
Şri-Lanka parlamenti 20 iyul, çorşanba kuni sobiq yetakçi Gotabaya Rajapaksa ötgan hafta mamlakatni tark etganidan beri davlat rahbari vazifasini bajaruvçi Ranil Vikramasingxeni mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi.
Vikramasingxe 134 ovoz, uning eng yaqin raqibi Dulla Allaxaperuma 82 ovoz oldi. Parlament oldida çiqiş qilgan saylangan prezident raqibni mamlakatni inqirozdan olib çiqiş uçun birgalikda harakat qilişga çaqirdi. «Birinçi vazifa - Xalqaro valuta jamğarmasi bilan moliyaviy yordam böyiça kelişiş», dedi u.
22 million kişi istiqomat qiluvçi Şri-Lankada oziq-ovqat, yonilği va dori-darmon yetkazib berişda uzilişlar kuzatilmoqda, inflatsiya rekordlarni yangilamoqda. Mamlakatda misli körilmagan inqiroz fonida norozilik namoyişlari boşlandi. 9 iyul kuni olomon prezident Rajapaksa qarorgohiga bostirib kirdi. Keyinçalik u mamlakatdan qoçib ketdi va davlat boşliği vazifalarini boş vazir Vikramasingxe öz zimmasiga oldi. U mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi va komendantlik soati joriy qildi.
Saylovlarda Vikramasingxe eng yirik partiya, qoçib ketgan prezident Gotabaya Rajapaksaning partiyasi bölgan SLPP tomonidan qöllab-quvvatlandi. Tört aka-uka Rajapaksa klani mamlakatdagi siyosatni sönggi 20 yil davomida nazorat qilib kelgan va namoyişçilar saylov natijalaridan qoniqmagan bölişi mumkin.












