Şri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa mamlakatdagi siyosiy inqirozni bartaraf etiş maqsadida akasi Maxind Rajapaksani boş vazir lavozimidan ozod qilişga rozi böldi.

Bu haqda Şri-Lanka sobiq prezidenti, deputat Maytripala Sirisena xabar qildi.

Uning sözlariga köra, Rajapaksa vaqtinçalik hukumatning Maxindni boş vazirlikdan böşatiş taklifini qabul qilgan.

«Prezident şuningdek, yangi boş vazir nomzodi va hukumat tarkibini aniqlaş uçun milliy kengaş tuzişga rozi böldi», - dedi Sirisena.

Sönggi yillarda Şri-Lanka kuçli iqtisodiy inqirozga duç keldi, bu esa mamlakatdagi siyosiy qarama-qarşiliklarni kuçaytirdi.