17:51 / 04.06.2022
9482

Matbuot xodimlari kuniga bag‘ishlab «Zakovat» turniri tashkil etilmoqda

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab «Zakovat» turniri tashkil etilmoqda. 

Foto: Kun.uz

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonovning ma’lum qilishicha, turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mga teng.

Turnirda ishtirok etish uchun OAVlar nizomda ko‘rsatilgan ariza namunasini to‘ldirgan holda, oav@zakovat.tv elektron pochtasi orqali ariza yuborishi lozim. 

Blogerlar esa www.zakovat.tv/blogerlar manzili orqali o‘tib, maxsus anketani to‘ldirib yuborishi kerak.

Top