07:32 / 09.06.2022
16322

Toshkentda «Matiz» katta tezlikda daraxtga urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Foto: IIBB axborot xizmati

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 2022 yilning 7 iyun kuni soat taxminan 04:00 larda Yakkasaroy tumani, Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan B.A. “Matiz” rusumli, davlat raqam belgisi avtomashinada harakatlanib, tezlik oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

YTH natijasida “Matiz” avtomashinasi haydovchisi hamda uning yo‘lovchisi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro Z.K. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top