Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgariş kiritişga doir takliflar içida 41-moddani özgartiriş böyiça bildirilgan takliflar ijobiy yeçim topişi amalda konstitutsiyamizning milliy qiyofasini belgilab beradi. Boisi uşbu takliflarga e’tibor qaratadigan bölsak, “pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan mustahkamlaş jamiyat va davlatning maqsadi ham mas’uliyatli vazifasidir. Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralaşişga, şuningdek, ularning xizmat majburiyatlarini bajarişiga monelik qilişga yöl qöyilmaydi” degan normalar bilan boyitiş taklif qilinmoqda. Bu mamlakatimizning qisqa tarixida yuz bergan salbiy holatlar hamda uşbu holatlarning xalqimizning milliy mentalitetiga zid bölganligi sababli köpçilik fuqarolarimizning haqli e’tirozlariga sabab bölganligi bilan boğliq holatlarning oldini oliş imkonini beradi. Xalqimizda “Ustoz otangdek uluğ” degan naql bor va ustozlarni hurmat qiliş milliy xarakterimizning ajralmas qismidir. Afsuski, 2017 yilgaça öqituvçilar, hatto maktab öquvçilarining ham paxta terimiga majburlanişi, bu davrda maşğulotlar çetga surib qöyilişi, bu ham yetmagandek, ayrim rahbarlarning öz vakolatlaridan çetga çiqib, ta’lim muassasalari öqituvçilarini obodonlaştiriş, hatto quriliş işlariga majburlanişi, 2021 yilda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, xalqimizning qattiq e’tiroziga sabab bölgan Andijon viloyatidagi maktab öqituvçilarining “uzr sörattiriş” marosimlari yaqin ötmişimizning qora doğlari bölib, bu oxir-oqibat ta’lim tizimiga putur yetkazdi.
Buni töğri anglagan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, prezidentlik muddatining birinçi kunlaridanoq ta’limni isloh qilişni, birinçi navbatda öqituvçilarning obro‘-e’tiborini oşirişdan boşlaş lozimligini ta’kidlab kelmoqda. Va yangilanayotgan konstitutsiyaning 41-moddasini yuqoridagi normalar bilan boyitişi haqidagi takliflari ham, öşa keyingi 5-6 yil davomida amalga oşirib kelinayotgan ijobiy işlarning navbatdagi bosqiçi böldi, deb öylayman.

Uşbu moddaga kiritilayotgan yangi normalardan yana biri – iste’dodli yoşlarning moddiy ahvolidan qat’i nazar ta’lim olişlarini davom ettirişlarini davlat öz zimmasiga olayotganligidir. Ma’lumki, yangi konstitutsiyada konseptual özgariş yasayotgan normalardan biri – mamlakatimizni “ijtimoiy davlat” deb e’lon qilinayotganidir. Ijtimoiy davlatning asosiy belgilaridan biri jamiyatda ijtimoiy adolat va ijtimoiy tenglikning ta’minlanganligidir. Şunga köra, 41-moddaga kiritiş taklif etilayotgan yuqoridagi norma davlat iste’dodli yoşlarni keng, jumladan moddiy ahvolidan ham qat’i nazar, qöllab-quvvatlaşini nazarda tutadi.
Keyingi vaqtlarda mamlakatimizda bu borada qator ijobiy işlar amalga oşirib kelinmoqda. Özbekistonda keng ötkazilayotgan “Yoş kitobxon” va “Zakovat” tanlovlari, iste’dodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş “Uluğbek” jamğarmasi hamda iqtidorli yoşlarning xorijiy nufuzli ta’lim muassasalarida tahsil olişlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “El-yurt umidi” jamğarmalari faoliyatining davlat tomonidan keng qöllab-quvvatlanayotgani şular jumlasidandir. Xususan, iqtidorli yoşlarning xorijiy tillarni örganişlari va xalqaro sertifikatlarga ega bölişlarini rağbatlantiriş uçun uşbu sertifikatga ega bölgan yoşlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda. 2021 yil 1 maydan 5 turdagi, 2022 yil 1 yanvardan 13 turdagi (jami 18 turdagi) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erişgan yoşlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda. Bugunga qadar mazkur tizim orqali 5441 nafar yoşlarning imtihon xarajatlari qoplab berildi va bu qariyb 10 mlrd sömni taşkil qilmoqda.









