Jamoa a’zolari (çapdan öngga):

  • Nodirbek Qosimov - muhandis-texnolog;
  • Asror Norqulov - moliyaçi;
  • Bobur Yoqubov - sud-tibbiy eksperti (jamoa sardori);
  • Nurbek Yöldoşev - falsafa doktori;
  • Rustam Jabborov - jurnalist;
  • Uluğbek Qulmurodov - Davlat statistika qömitasi xodimi.

Tajribali bilimdonlarni özida jamlagan Bobur Yoqubov jamoasi bir neça mavsumlik tanaffusdan söng öyinlarga qaytdi. Bobur Yoqubov, Rustam Jabborov kabi yorqin nomlar iştirokidagi öyinni muxlislar ham soğingan.

Yoşi katta bilimdonlar töplanganidanmi yoki boşqa sababmi, jamoa öyinni oğir boşladi.

1-raundda AQŞ prezidentlari haqida blits savollar tuşdi. Birinçi savoldan osonlik bilan ötgan jamoa ikkinçi savolda qiynaldi. Natijada öyin hisobi muxlislar foydasiga oçildi – 0:1.

2-raundda avtomobil sanoati qirollaridan biri Genri Ford haqida savol öynaldi. Muhokama davomida turli variantlar örtaga taşlangan bölişiga qaramay, jamoa töğri javobga yetib bora olmadi va bu raund ham muxlislar foydasiga hal böldi. Hisob – 0:2.

3-raund savoli qadimgi misrlik askarlarning toşotar quroli haqida böldi. Afsuski, jamoaning kutilgan oçkoni olişi bu raundda ham röy bermadi. Öta qiziqarli savol muxlislar jamoasiga uçinçi oçkoni keltirdi. Hisob yirik körinişga keldi – 0:3.

4-raundda Doğiston tarixida turli qabila va uruğlar orasida qonli uruş vujudga keliş xavfi paydo bölganda, bunday uruşlarning ayol kişi tomonidan bostirilgani haqida ajoyib savol öynaldi. Savoldagi ma’lumot jamoaga taniş bölib çiqdi va savolga muddatidan oldin javob berildi. Hisob biroz qisqardi – 1:3.

5-raundda özbek xonadonlarida devorlarga nega gilam osib qöyilişi haqida qiziq savol öynaldi. Mazkur savol nafaqat stolda öynayotgan bilimdonlarga, balki butun klubga ham noqulaylik qildi, deyiş mumkin. Yöqsa, uşbu raundda olingan klub yordami havoga uçmas edi. Hisob esa yana yirik körinişga keldi – 1:4.

Endi jamoa faqat öz kuçiga işonişi lozim.

6-raund savoli öyindagi eng zörlaridan biri böldi. Italiya toğli hududlarida qöy boquvçi çöponlar nima uçun özlari bilan xaçirlar olib yurişi haqidagi savolga toğliklar hayotidan yaxşi xabardor bölgan bilimdon – Nurbek Yöldoşev töğri javob bera oldi va yana hisob biroz qisqardi – 2:4.