Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:36 / 19.07.2022
8096
1 daqiqa o‘qiladi
Fuqarolar qanday miqdordagi tovarni bojxona to‘lovini to‘lamasdan olib kirishi mumkinligi ma’lum qilindi
Jismoniy shaxslar ayrim miqdorlardagi tovarlarni bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan O‘zbekistonga olib kirishi mumkin.
“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, ular quyidagicha:
- O‘zbekistonning xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orqali olib o‘tishda – 2 000 AQSh dollari;
- O‘zbekiston davlat chegaralarining temir yo‘l va daryo bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda – 1 000 AQSh dollari;
- O‘zbekiston davlat chegaralarining avtoyo‘l (piyoda) bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda – 300 AQSh dollari;
- xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun – bir kalendar chorak mobaynida 1 000 AQSh dollari;
- xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun – 100 AQSh dollari.
Mavzuga oid
09:59 / 11.06.2025
Ayrim mahsulotlarning tasnifiy kodi o‘zgartirilmoqda
07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi
14:30 / 09.04.2025
O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazadi
11:00 / 08.03.2025