Pokiston boş vaziri Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga özining samimiy salomini yetkazişni söradi hamda Toşkentga amalga oşirilgan taşrif çoğida özi va delegatsiyasiga körsatilgan mehmondöstlik uçun çuqur minnatdorlik bildirdi.

Hukumat rahbari, şuningdek, taşrif doirasida ikki mamlakat örtasida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarga erişilganini, özaro munosabatlar yangi bosqiçga olib çiqilgani, jumladan, oliy darajadagi Strategik şeriklik kengaşi tuzilgani, turli sohalarda qator muhim bitim va memorandumlar imzolanganini qayd etdi.

Boş vazir Şahboz Şarif Toşkentdan qaytgaç, tegişli soha vazirlariga oliy darajada erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida ijrosini ta’minlaş böyiça topşiriq berganini bildirdi.

Iqtisodiy diplomatiya yönalişidagi hamkorlikni jadallaştiriş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişning asosiy ustuvor yönalişlarini aniq belgilab oliş, ikki tomonlama savdoni keskin oşiriş kerakligiga e’tibor qaratildi. Özaro tovar ayirboşlaş hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş böyiça "Yöl xaritasi"ni işlab çiqiş zarurligi ta’kidlandi.

Sanoat kooperatsiyasi va investitsiyaviy hamkorlik masalalari ham alohida körib çiqildi. Avtomobilsozlik, toğ-kon sanoati, axborot texnologiyalari, qayta tiklanuvçi energetika, quriliş materiallarini işlab çiqariş, infratuzilma obektlarini birgalikda bunyod etiş sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş özaro hamkorlikning yangi yönalişlari sifatida körsatib ötildi.

Ikki davlat tadbirkorlari örtasida bevosita muloqot platformasini şakllantiriş, banklararo operatsiyalarni yanada soddalaştiriş, muntazam asosda biznes-forumlar va hududlararo hamkorlik tadbirlarini ötkazişning muhimligi qayd etildi.

Transafğon temir yöli qurilişini jadallaştiriş, özaro aviaqatnovlar soni oşiriş va parvozlar geografiyasini kengaytiriş, turizm va madaniy tadbirlarni taşkillaştiriş mintaqaviy boğliqlik taşabbusini hayotga tatbiq etişning uzviy qismlari hisoblanişiga urğu berildi.