19:25 / 27.07.2022
3415
Hindistonda yashin urishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi 

2019 yilda mamlakatda qariyb 3 ming kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘lgan. 

Foto: Getty Images

Hindistonning Bihar shtatida bir sutka davomida yashin urishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Odamlar jazirama issiqda salqinlash uchun ko‘chaga chiqishi natijasida yashin urishi qurbonlari soni ko‘paymoqda.

Shtat vaziri Nitish Kumar aholini xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi. U tabiiy ofat qurbonlarining oilalariga 400 ming rupiy (5000 dollar) miqdorida kompensatsiya to‘lanishini e’lon qildi. 

2019 yilda mamlakatda qariyb 3 ming kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘lgan.

Top