Foto: Zakovat
  • Jamoa a’zolari (çapdan öngga):
  • Nodira Bahromova - filolog;
  • Nazokat Abdusaitova - Toşkent davlat pedagogika universiteti 4-bosqiç talabasi;
  • Nodira Turğunova - filolog (jamoa sardori);
  • Maysara Oçilova - Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi;
  • Madina Mirzarahmatova - Özbekiston Milliy universiteti 4-bosqiç talabasi;
  • Muazzam Şoumarova - menejyer.

2022 yil yozgi mavsumining navbatdagi bahsida öyindan-öyinga kuçayib borayotgan qizlar jamoasi iştirok etdi. Bundan buyon jamoa öyinlarni yangi sardor – Nodira Turğunova boşçiligida olib boradi. Avvalgi sardor Madina Mirzarahmatova bilimdon sifatida öz imkoniyatlarini namoyiş etişga harakat qiladi.

1-raundda italyan skripkaçisi Paganini musiqasi haqidagi savol öynaldi. Musiqa eşittirilib, uning nomini topiş söraldi. Biroq qizlar töğri javob topa olmadi. Hisob – 0:1.

2-raundda şarq allomalari nimani oxir-oqibatda kulfatga duçor qiluvçi soxta pulga öxşatgan, degan savol tuşdi. Boşida javobdan uzoq variantlar aytilgan bölsa-da, keyinroq jamoa töğri variantga yetib bora oldi va hisob tenglaşdi – 1:1.

3-raund savoli Abdulla Qodiriyning tom kuraşdagi bir axloqiy harakati haqida böldi. Ötgan öyinda öz imkoniyatlarini namoyiş eta olmagan Muazzam Şoumarova bu safar jamoaga tasodifan qöşilib qolmaganini isbotladi va hisobni bilimdonlar tomoniga oğdirdi – 2:1.

Navbatdagi raund savolini ham bilimdonlar yengillik bilan topişdi. Yaponlar Koreyani bosib olganda nega davlat nomini Corea’dan Korea’ga özgartirgan, degan mazmundagi savolga töğri variant Nodira Bahromova tomonidan dastlabki soniyalardanoq aytildi. Hisob – 3:1.

5-raundda blits savollari tuşdi. Yoş özbek ijodkorlari kartinalarining nomini topiş haqidagi savollarning dastlabkisidayoq bilimdonlar muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Hisob – 3:2.

Keyingi raundda 70-yillargaça nega protivogazlarda rezina şox bölgani haqidagi savol öynaldi. Bu savolda ham Nodira Bahromovada töğri variant bor edi, biroq jamoa sardori Madina Mirzarahmatovaga işonç bildirdi. Madinaning notöğri variantidan söng hisob tenglaşdi – 3:3.

7-raund savoli öyindagi eng jiddiylaridan biri böldi. Muzqaymoqni vafliga solib beriş usuli paydo bölgaç, bu kimlarni eng köp xursand qilgan, degan savolga jamoa turli variantlar bildirdi, ammo içida töğri javobga yaqin kelgani bölmadi. Natijada teletomoşabinlar jamoasi hisobda oldinga çiqib oldi. Hisob – 3:4.