Rossiya harbiylarining Zaporojye AES (ZAES)da bölişi davom etişi va ularning stansiyaga texnik xizmat körsatuvçi xodimlarga nisbatan notöğri munosabatda bölayotgani haqidagi şikoyatlar öta beqaror vaziyatga olib kelmoqda, dedi Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) boş direktori Rafael Grossi 29 iyul, juma kuni DW naşriga bergan intervyusida.
AEXA rahbarining sözlariga köra, jangovar harakatlar paytida Yevropadagi eng yirik AESning egallab olinişi va xizmat xodimlarining öziga nisbatan zöravonlik qöllangani haqidagi keyingi xabarlari - «barça xavfsizlik qoidalarini buziş yiğindisidir». Rossiya qöşinlari stansiyani mart oyi boşida egallab olgan va öşandan beri AESga vaziyat barqarorligiga işonç hosil qiladigan birorta ham xalqaro kuzatuv guruhi bormadi. Qölga oliş çoğida Rossiya armiyasi stansiyani artilleriyadan öqqa tutdi, keyinroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bunga alohida e’tibor qaratdi. Bu faktlarning barçasi AESdagi vaziyat «beqaror» ekanidan dalolat beradi, deb hisoblaydi agentlik direktori.
Grossi nafaqat xodimlarga yomon munosabatda böliş, balki rus qöşinlari stansiyaga örnatgan portlovçi moddalar haqidagi xabarlarni tekşiriş uçun ZAESga AEXA missiyasini taşkil etişga harakat qildi. Şunga öxşaş xabarlar Çernobil AES rus qöşinlari tomonidan egallab olingan paytda ham tarqaldi va okkupatsion qöşinlar stansiyadan çekinganda tasdiqlandi.
Biroq, Rossiyaning ZAESga «muayyan şaroitlarda» taşrif buyurişga ruxsat berganiga qaramay, AEXA direktori hozirgi şaroitda bunday safarni taşkil etiş qiyin deb hisoblaydi. Sababi, stansiya öqqa tutilişi davom etayotgan uruş zonasida joylaşgan bölib, missiya nafaqat BMT, balki Ukraina tomonidan ham nazorat qilinişi kerak, çunki Grossi mamlakatni «AESning yagona qonuniy egasi» deb biladi.
Şunga qaramay, AEXA rahbari missiyaning stansiya hududiga tezkor safari amalga oşişini xohlamoqda va bu borada BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan muzokaralar olib boradi.
Grossining fikriça, RF tomonidan Ukrainada boşlangan uruş va Rossiyadan Yevropa ittifoqiga gaz yetkazib berişdagi çeklovlar odamlarni atom energetikasiga köproq e’tibor qaratişga majbur qildi - agar ilgari u an’anaviy yonilğiga «yaşil» muqobil deb hisoblagan bölsa, endi Rossiya harakatlari mamlakatlarning energetik mustaqilligini dolzarb masalaga aylantirdi.
Misol tariqasida, Grossi Germaniyani keltirdi, u yerda rasmiylar 2022 yil oxirigaça mamlakatdagi sönggi uçta AESni öçirib qöymoqçi edi, lekin Ukrainadagi uruş va Rossiya gazi bilan boğliq muammolar fonida, «köpçilik qolgan yadroviy infratuzilmadan foydalanişni nega davom ettiriş kerak emasligini» söragan.












