Myanma harbiy xuntasi mamlakatdagi favqulodda holat rejimini yana olti oyga, 2023 yilning fevraligaça uzaytirdi, deb xabar bermoqda AFP 1 avgust, duşanba kuni davlatga qaraşli Global New Light of Myanmar gazetasiga tayanib.
Milliy mudofaa va xavfsizlik kengaşi Myanma QK oliy boş qömondoni Min Aun Xlaynning taklifini bir ovozdan qöllab-quvvatladi, deb yozadi gazeta. Harbiy rahbariyat yana mamlakatda parlament saylovlarini ötkazişga ruxsat berdi, biroq aniq sanani keltirmadi, deb yozadi agentlik. «Mamlakatimizda xalq orzu qilgan çinakam va intizomli köppartiyaviy demokratik tuzumni mustahkamlaşda davom etişimiz kerak», — deya generalning sözlarini keltiradi mahalliy naşr.
Myanmada harbiy holat 2021 yil fevralida mamlakatda hokimiyatni qölga kiritgandan söng xunta tomonidan joriy qilingan va şundan beri bir neça bor uzaytirilgan. Öşanda mamlakat qurolli kuçlari oliy boş qömondoni boşçiligidagi harbiylar amaldagi boş vazir va tinçlik uçun Nobel mukofoti sovrindori Aun San Su Çji boşçiligidagi saylangan hukumatni ağdardi. U şu yilning aprel oyida korrupsiyada ayblanib, beş yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Qözğolondan beri xunta mamlakat aholisining ommaviy mitinglar, iş taşlaşlar va fuqarolar itoatsizligiga qaratilgan barça urinişlarini şafqatsizlarça bostirdi. BMT 2021 yilda mamlakat böylab şaharlarda namoyişçilarga qarata röy bergan otişmalarni qayd etdi. Huquq himoyaçilariga köra, rejimning kamida 1756 nafar muxolifi öldirilgan, 13 mingdan ortiq kişi hibsga olingan. BMT mamlakatda sodir bölayotgan voqealarni «ommaviy qotilliklar» deb atadi.
Iyul oyida mamlakat harbiy ma’muriyati bir neça ön yilliklar içida birinçi marta ölim jazosini qölladi: rejimning qamoqdagi tört nafar muxolifi «şafqatsiz va ğayriinsoniy terrorçilik harakatlari»da ayblanib, qatl etildi. Bundan avval önlab faollar ham ölim jazosiga hukm qilingan edi. BMT boş kotibi Antoniu Guterriş xunta qarorini «yaşaş, erkinlik va şaxsiy daxlsizlik huquqini qöpol ravişda buziş» deb atadi.












