13:40 / 01.08.2022
3011
«Svet» uchun onlayn to‘lovlarda texnik uzilishlar kuzatilishi mumkin 

Ushbu muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

2022 yil 1 avgust soat 23:00 dan 3 avgust soat 22:00 gacha elektr energiyasi bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi xabariga ko‘ra, ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsad qilingan.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisobraqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Bildirilishicha, iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.

Top