Toşkent metropolitenida yöl haqini kaft orqali tölaş tizimi işga tuşirildi. Yangi tizimga köra, metroga kiriş uçun endi transport kartasi yoki smartfon talab etilmaydi — yölovçi kaftdagi tomir çiziqlari böyiça biometrik identifikatsiyadan ötib, tölovni amalga oşiradi.
Ma’lum qilinişiça, ayni paytda innovatsion tizim 49 ta bekatda örnatilgan. Undan har kuni örtaça 20–25 ming nafar yölovçi foydalanmoqda. Qayd etilişiça, tizimdan foydalaniş uçun röyxatdan ötiş jarayoni 5 daqiqa atrofida vaqt oladi.
Mutaxassislar fikriga köra, uşbu texnologiya bekatlardagi navbatlarni sezilarli qisqartiriş va yölovçilarning vaqtini tejaşga xizmat qiladi.
Şu bilan birga, bunday yeçimlar şahar infratuzilmasiga bölgan işonçni oşirişi, Toşkentda fintex taşabbuslarini rivojlantiriş uçun barqaror va xavfsiz muhit bosqiçma-bosqiç şakllantirilayotganini körsatişi ta’kidlanmoqda.













